12 Oktyabr 2025 yil 693

Sayyor qabul: muammo va yechim. Xorazm viloyatida fuqarolar uchun ochiq muloqotlar o‘tkazildi

Joriy yilning 12-oktabr (yakshanba) kuni Xorazm viloyatidagi barcha shahar va tuman ichki ishlar bo‘limlari boshliqlari tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, aholi bilan ochiq muloqot o‘rnatish hamda ularning murojaatlarini o‘rganish maqsadida shaxsiy qabullar o‘tkazildi.

Qabullar davomida fuqarolarning turli sohalarga oid murojaatlar tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi. Ayrim murojaatlar joyida hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish talab etilgan masalalar yuzasidan masʼul xodimlarga aniq topshiriqlar berildi.

Bunday tadbirlar aholi va ichki ishlar organlari o‘rtasida o‘zaro ishonch va hamkorlikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini taʼminlash, shuningdek, joylardagi muammolarni o‘z vaqtida hal etishga xizmat qilmoqda.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech