Xorazm viloyati ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini taʼminlash borasidagi faoliyati tahlil qilindi
Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Jamoat xavfsizligi xizmati tomonidan joriy yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi, Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi, Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi hamda Probatsiya bo‘limi rahbar va masʼul xodimlari ishtirok etdilar.
Tadbirda jamoat xavfsizligini taʼminlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, jamoat tartibini saqlash hamda aholi bilan hamkorlikni kuchaytirish borasida amalga oshirilgan ishlar tanqidiy tahlil etildi.
Hisobot davrida viloyat hududida jinoyatchilik va huquqbuzarlik holatlarini bartaraf etish, profilaktik tadbirlarni kuchaytirish, yo‘l-transport xavfsizligini taʼminlash hamda Probatsiya hisobidagi shaxslar bilan samarali ishlashga qaratilgan bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilgani, shu bilan birgalikda, ayrim yo‘nalishlardagi mavjud kamchilik va muammolar ham ko‘rsatib o‘tildi.
Yig‘ilishda xizmat intizomini mustahkamlash, xodimlarning masʼuliyatini oshirish, aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, profilaktik hisobda turgan shaxslar bilan individual ishlashni samarali tashkil etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.
Shuningdek, yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan nazorat-reyd tadbirlarining samaradorligini oshirish, piyodalar va haydovchilar o‘rtasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish, jamoat joylarida tartibni saqlashda fuqarolar faolligini oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Yig‘ilishda muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati