16 Oktyabr 2025 yil 469

Xonqa tuman hokimi profilaktika inspektorlari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

Xonqa tumani hokimi Ulug‘bek Davlatov tuman IIB profilaktika (katta) inspektorlari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Uchrashuv tuman hokimligida bo‘lib o‘tdi va unda tuman prokurori, IIB boshlig‘i hamda mahalla fuqarolar yig‘ini raislari ham ishtirok etdilar.

Muloqotda hokim jamoat xavfsizligini taʼminlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, aholi osoyishtaligini mustahkamlashda profilaktika inspektorlarining faoliyati muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidladi.

Shu bilan birga, tuman hokimi profilaktika inspektorlari bilan bevosita suhbatlashib, ularning faoliyatida uchrayotgan muammolarni eshitdi va amaldagi tizimni yana-da takomillashtirish bo‘yicha takliflarini tingladi.

Uchrashuv ochiq va samimiy muhitda o‘tdi. Hokim inspektorlarni faoliyatni tubdan yangi bosqichga olib chiqish, har bir mahallada jinoyatchilikka qarshi kurashishda tashabbuskor bo‘lishga chaqirdi.

Tadbir yakunida xizmat vazifalarini vijdonan bajarib, mahallasida jinoyatchilikka yo‘l qo‘ymagan, faoliyati bilan boshqalarga namuna bo‘layotgan profilaktika (katta) inspektorlariga tuman hokimining tashakkurnomalari va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech