19 Oktyabr 2025 yil 315

Xorazm viloyati IIB boshlig‘i tomonidan fuqarolarning murojaatlarini o‘rganishga qaratilgan shaxsiy qabul o‘tkazildi

Joriy yilning 19-oktabr kuni Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i tomonidan boshqarmaning maʼmuriy binosida fuqarolarning shaxsiy qabuli o‘tkazildi.

Mazkur qabulning asosiy maqsadi aholining murojaatlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri eshitish, ichki ishlar organlari faoliyati bilan bog‘liq dolzarb masalalarni joyida o‘rganish hamda fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilishdan iborat bo‘ldi.

Qabul jarayonida viloyatning turli tuman va shaharlaridan kelgan fuqarolar tomonidan yigirmadan ortiq masala ko‘tarildi. Ular orasida fuqarolarning huquqiy muhofazasi, ishga joylashtirish, jinoyatlarning oldini olish, profilaktika ishlarini samarali tashkil etish, shuningdek, huquqbuzarliklar bo‘yicha murojaatlar kabi yo‘nalishlar bo‘yicha masalalar o‘rin oldi.

Fuqarolarning bildirgan talab va takliflari, ariza va shikoyatlari har tomonlama o‘rganilib, ularning aksariyati masʼul xodimlar ishtirokida joyida hal etildi.

Qo‘shimcha o‘rganishni talab etgan murojaatlar bo‘yicha tegishli bo‘linmalar rahbarlariga aniq vazifalar yuklatilib, ijrosi nazoratiga olindi.

Shu bilan birga, fuqarolar bilan bo‘lgan ochiq muloqot jarayonida ularni qiynayotgan muammolarga amaliy yordam ko‘rsatish, huquqiy tushunchalar berish va ularning murojaatlarini samarali hal etishga qaratilgan choralar belgilandi.

Bunday shaxsiy qabullar aholi va ichki ishlar organlari o‘rtasidagi ishonch va hamkorlikni mustahkamlash, fuqarolarning huquqiy ongi hamda huquqiy madaniyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech