16 Noyabr 2025 yil 68

Xorazm viloyati IIB boshlig‘i tomonidan aholi murojaatlarini o‘rganish maqsadida qabul o‘tkazildi

Joriy yilning 16-noyabr kuni Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i tomonidan fuqarolarning muammolarini tinglash, huquqiy yordam ko‘rsatish va ochiq muloqotni rivojlantirish maqsadida boshqarmaning maʼmuriy binosida navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazildi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan ichki ishlar organlari faoliyatiga oid, shuningdek, ijtimoiy, huquqiy, mehnat va maʼmuriy yo‘nalishlardagi 20 dan ortiq murojaatlar bildirildi. Murojaatlar jinoyat ishlarini ko‘rib chiqish, fuqarolik-huquqiy nizolar, jamoat tartibini saqlash, profilaktika inspektorlari faoliyati va boshqa masalalarni o‘z ichiga oldi.

Boshqarma boshlig‘i tomonidan har bir murojaat sinchiklab tinglanib, fuqarolarga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi. Qo‘shimcha o‘rganish va amaliy chora ko‘rishni talab etgan masalalar tegishli xizmat rahbarlariga yuklatilib, qatʼiy nazoratga olindi.

Taʼkidlash joizki, ichki ishlar organlarida fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning ariza va shikoyatlarini adolatli ko‘rib chiqish hamda har bir murojaatga tizimli yondashish — sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

Shu kabi shaxsiy qabullar orqali fuqarolarning muammolariga qonuniy va amaliy yechim topish, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda aholi va ichki ishlar organlari o‘rtasidagi o‘zaro ishonchni mustahkamlashga erishilmoqda.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech