13 Yanvar 2024 yil 3193

Xorazm viloyati IIB boshlig‘i, polkovnik R.I.Sultanxodjayevning O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32-yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan yo‘llagan bayram tabrigi

Hurmatli  hamkasblar ! 

Xorazm viloyati ichki ishlar organlari xodimlarini, aziz faxriylarimizni hamda yurtimiz tinchligini himoya qilib, xizmat burchini bajarish vaqtida halok bo‘lgan xodimlarimizning oila a’zolarini O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32-yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan samimiy tabriklayman.

So‘nggi yillarda O‘zbekiston milliy armiyasi jadal rivojlanmoqda, uning jangovar qobiliyati va tayyorgarligi izchil oshib bormoqda, mamlakatimizning mudofaa qudrati mustahkamlanmoqda, fuqarolarimizning tinch-osoyishta hayoti ta’minlanmoqda. Xalqimiz g‘oyat mas’uliyatli va olijanob vazifani sharaf bilan ado etib kelayotgan mard va jasur, el-yurtga sadoqatli Vatan himoyachilari bilan haqli ravishda faxrlanadi.

Shu bois bildirilgan yuksak ishonch va tinchligimizni ko‘z qorachig‘iday asrashimiz uchun bundan keyin ham ichki ishlar organining har bir  xodimi fidoyilik, vatanparvarlik bilan bor kuch va g‘ayratini safarbar etishi lozim.

O‘z navbatida mahallalardagi kriminogen vaziyatni barqarorlashtirishda profilaktika inspektorlariga maslahatchi-murabbiy sifatida yaqindan yordam berib kelayotgan faxriylarimizga yana bir bor minnatdorchilik bildirib, samimiy tilaklarimni izhor etaman.

Fursatdan foydalanib, barchangizga mustahkam sog‘liq, baxt-saodat, uzoq umr, oilangizga totuvlik, dasturxoningizga fayzu-baraka tilayman.

Yurtimizda jamoat tartibini saqlash, barqarorlikni ta’minlash, qonuniylik hamda huquq-tartibotni mustahkamlashdek mas’uliyatli va sharafli xizmatlaringizda zafar yor bo‘lsin.

Hurmat bilan,

Xorazm viloyati IIB boshlig‘i,

polkovnik  Sultanxodjayev Ravshan Irkinovich

Text to speech