Tuproqqalʼa tumanida 1931 tup taqiqlangan ekinlar yetishtirilayotganligi fosh etildi.
Giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq har qanday g‘ayriqonuniy holatlarni aniqlashga qaratilgan “Qoradori-2025” tezkor-profilaktik tadbirining birinchi bosqichi doirasida Xorazm viloyatida ichki ishlar organlari tomonidan bir qator tezkor tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Tuproqqalʼa tumani IIB Tezkor-qidiruv xizmati xodimlari tomonidan olingan tezkor maʼlumotlar asosida joriy yilning 20 may kuni tumanning “Sayidlar” mahallasida istiqomat qilib kelayotgan, 1958 yilda tug‘ilgan shaxsning yashash xonadoni va tomorqa yeri xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.
Ko‘zdan kechirish jarayonining ishtirokchilari mazkur xonadonning tomorqasi taqiqlangan, yaʼni tarkibida giyohvandlik vositalarini saqlovchi o‘simliklarni yetishtiruvchi plantatsiyaga aylantirilganligiga guvoh bo‘ldilar. Chunki, xonadon egasi tomorqa yerining 52 metr kvadrat qismiga 1 131 tup “ko‘knor” va 80 tup “kannabis” o‘simligini ekib, parvarishlab kelayotganligi aniqlandi va ushbu o‘simliklar ashyoviy dalil tariqasida yig‘ishtirib olindi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati