Aholini ish bilan taʼminlash - sektorni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish garovidir
Bog‘ot tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha 3-sektor rahbari, yaʼni tumani IIB boshlig‘i, podpolkovnik E.Axmedovning tashabbusi bilan navbatdagi bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan mazkur tadbirda Bog‘ot tumani IIB rahbariyati va masʼul xodimlari ham samarali ishtirok etdilar.
Jumladan, Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori leytenant Nasiba Artiqova Bog‘ot tumanida yashovchi, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan, shuningdek probatsiya organlari hisobida turgan xotin-qizlarni doimiy ish bilan taʼminlash maqsadida “mehnat yarmarkasi”ga taklif etishda faollik ko‘rsatdi.
Shuningdek mehnat yarmarkasida bo‘sh ish o‘rinlarini tavsiya etgan korxona va tashkilotlarda ishchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan bevosita tashishish imkoniyati yaratildi.
Ushbu xotin-qizlar doimiy ishga joylashtirgach ham ular bilan yaqindan aloqa o‘rnatilib, ijtimoiy hayotga to‘liq moslashib ketishlarida doimiy maslahatlar berib boriladi.
Amalga oshirilayotgan ushbu ishlardan ko‘zlangan asosiy maqsad aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdir.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati