19 May 2020 yil 1130

Xorazm viloyatida “Jinoyatchilikka qarshi kurashish oyligi” doirasida bir qator tezkor-profilaktik chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

 Ham targ‘ibot, ham tashviqot

 

Xorazm viloyatida “Jinoyatchilikka qarshi kurashish oyligi” doirasida bir qator tezkor-profilaktik chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, viloyatda ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya xodimlari hamkorlikda xonadonma-xonadon yurib, har bir oilaning turmush tarzi va muammolarini o‘rganish hamda ularga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatishga qaratilgan manzilli ishlarni olib bormoqdalar.

Hududiy ichki ishlar organlarining masʼul xodimlari jazoni o‘tash muassasalaridan ozod qilingan, shuningdek ozodlikdan maxrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolarni o‘tayotgan shaxslarning xonadonida bo‘lib ular bilan yakka tartibda profilaktik suxbatlar o‘tkazmoqdalar.

Albatta aholi xonadonlariga amalga oshirilgan tashriflar doirasida  “tomorqa - qo‘shimcha daromad manbai” ekanligi tushuntirilib, yerdan unumli foydalanish yuzasidan zarur tavsiyalar berilmoqda. O‘z navbatida tarkibida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni saqlovchi ekinlarni ekish, yetishtirish hamda parvarishlash uchun qonunchilikda nazarda tutilgan javobgarlik to‘g‘risida ham profilaktik ogohlantiruv chora-tadbirlari qo‘llanilmoqda.

Aholi orasida olib borilayotgan keng qamrovli targ‘ibot va tashviqot ishlari viloyat hududida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olishda o‘z samarasini bermoqda.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech