Ashyoviy dalil tariqasida olingan “opiy” 301 gramm ekanligi maʼlum bo‘ldi
Insoniyat taraqqiyotining kushandasi, asr vabosi deya taʼriflanadigan giyohvandlikka qarshi kurashish murosasiz davom etmoqda.
Xususan, DXX Xorazm viloyati boshqarmasi va Xorazm viloyati IIB Tezkor-qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan 2023 yil 3 yanvar kuni o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida gumondorlardan jami 301 gramm “opiy” giyohvandlik vositasi ashyoviy dalil tariqasida olindi.
Jumladan, olingan tezkor maʼlumotlar asosida 3-yanvar kuni Hazorasp tumanida yashovchi, 1974-yilda tug‘ilgan, M.O. ning uyi ko‘zdan kechirilganida, hovlisidagi yerto‘lada 21 gramm “opiy” giyohvandlik vositasini saqlab qo‘yganligi maʼlum bo‘ldi. Gumondor bilan olib borilgan surishtiruvdan keyin, shu kunning o‘zida, uning tanishi, Hazorasp tumanida yashovchi, 1989-yilda tug‘ilgan, X.J. boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtomashina xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida esa, u avtomashinasining salonida 280 gramm “opiy” giyohvandlik vositasini saqlab qo‘yganligi maʼlum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati