11 Noyabr 2020 yil 811

Asosiy maqsadimiz adashganni to‘g‘ri yo‘lga boshlash

Respublikamiz hududida jamoat tartibini saqlash, yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlash hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida ish faoliyati samaradorligini yana-da oshirish maqsadida joriy yilning 15 oktyabr kunidan boshlab o‘tkazilayotgan “Huquqbuzarliklarga qarshi kurashish va xizmat faoliyatini takomillashtirish” oyligi doirasida hududlarda ichki ishlar organlarining probatsiya xizmatlari va huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limlarining o‘zaro hamkorligi yana-da kuchaytirildi.

Xususan, Xorazm viloyatining Yangibozor tumani IIB Probatsiya guruhi inspektori va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori sud tomonidan ozodlikdan maxrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazoga hukm qilingan xotin-qizlarning hayot tarzini ijobiy tomonga o‘zgartirish maqsadida har bir ayolning jinoyat sodir etishiga olib kelgan sabab va shart-sharoitlarni o‘zaro hamkorlikda batafsil o‘rganmoqdalar. Ularning tayinlangan jazoni belgilangan tartibda o‘tayotganligi bilan birgalikda bugungi kundagi ijtimoiy muammolariga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Shuningdek, tuman IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori tuman hududida istiqomat qiluvchi, oxirgi uch yilda jazodan ozod qilingan xotin-qizlarning turmush tarzini o‘rganib, ijtimoiy-huquqiy himoyaga muxtojlarini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan mahalliy hokimlikga takliflar kiritmoqda.

Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad esa ushbu xotin-qizlarning kelgusida hayot yo‘llarida qayta adashishiga yo‘l qo‘ymaslikdir.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech