15 Fevral 2024 yil 3124

Hazorasp tumanida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi IIV JXD JTSX boshlig‘i polkovnik Sh.Sh.Ibragimov Hazorasp tumanida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan yaqindan tanishdi. 

Shuningdek polkovnik Sh.Sh.Ibragimov Hazorasp tumanining Al-Xorazmiy mahallasida "Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni" munosabati bilan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar xodimlari hamda hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida o‘tkazilgan xizmat oldi yo‘riqnomasida bevosita ishtirok etib, bugungi kunda jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlar to‘g‘risida batafsil tushuntirish berdi.

Shu kuni tuman IIB profilaktika (katta) inspektorlarining ish sharoitini yaxshilash, xizmat samaradorligini oshirish maqsadida yangi kompyuter jamlanmalari topshirildi.

Jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i tuman IIB tasarrufidagi maxsus muassasalar faoliyatini nazorat tartibida o‘rganib, zarur ko‘rsatma va topshiriqlar berdi.

Shundan keyin tumandagi 5-son huquq-tartibot maskanida "Xavfsiz shahar" konsepsiyasi asosida amalga raqamlashtirish hamda jamoat joylari, bozorlar va chorrahalarni kuzatuv kameralari bilan jihozlash bo‘yicha mas’ul xodimlarning hisobotlari tinglandi.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech