19 Mart 2021 yil 685

Bir guruh o‘quvchilar Xorazm viloyati IIB muzeyiga tashrif buyurdilar

Xorazm viloyati IIB boshlig‘i general-mayor D.A.Nazarmuhamedovning  joriy yil 16 mart kuni Qo‘shko‘pir tumani yoshlari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvida tumanning eng chekka hududida joylashgan 27-son umumtaʼlim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Mirjalol Otamurodov o‘zi va sinfdoshlari ichki ishlar organlarining tarixi va  faoliyatiga  qizishini bildirib, sohaga oid maʼlumotlarni qayerdan o‘rganish mumkinligi to‘g‘risida murojaat qilgan edi.

General-mayor D.A.Nazarmuhamedov ushbu o‘quvchining murojaatidan kelib chiqqan holda, ichki ishlar organlari faoliyatiga qiziqishi bo‘lgan o‘quvchilar uchun viloyat IIB da tashkil etilgan “Mehnat va jangovor shuxrat” muzeyiga sayohat uyushtirish borasida masʼul xodimlarga ko‘rsatma berdi.

Xorazm viloyati IIB Kadrlar boshqarmasi tomonidan 18 mart kuni mazkur muzeyga o‘quvchilarning sayohati tashkil etildi.

Albatta, muzeyning bu galgi tashrif buyuruvchi yoshlari aynan Mirjalol Otamurodov tahsil olayotgan maktab o‘quvchilari bo‘lishdi.

Masʼul xodim kuzatuvi ostida uyushgan holda yetib kelgan o‘quvchi yoshlar viloyat IIB Kadrlar boshqarmasi bosh inspektori tomonidan kutib olindi hamda “Mehnat va jangovor shuxrat” muzeyiga taklif etildi.

Muzeydan joy olgan har bir eksponat bo‘yicha o‘quvchilarga batafsil tushuntirish berildi.

Kelgusida viloyatdagi barcha taʼlim muassasalari o‘quvchilarining mazkur muzeyga sayohatini uyushtirish belgilab olindi.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech