15 Iyun 2022 yil 484

Bog‘ot tumani IIB da “Intizom oyligi” doirasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar

Ayni kunlarda Xorazm viloyati IIB hamda uning hududiy va sohaviy xizmatlarida “Intizom oyligi” doirasida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlashga qaratilgan manzilli va maqsadli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

14 iyun kuni Bog‘ot tumani IIB da bo‘lib o‘tgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir ham aynan “Intizom oyligi” doirasida amalga oshirilishi belgilangan chora-tadbirlar rejasiga asosan o‘tkazildi.

IIV Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti va viloyat IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati masʼul xodimlari tomonidan tashkil etilgan ushbu uchrashuvda Bog‘ot tumani IIB shaxsiy tarkibi hamda ularning ota-onalari, oila aʼzolari ishtirok etdilar.

Uchrashuvda so‘z olgan har bir xodim bugungi kunda yurtimizda tinchlik osoyishtalikni taʼminlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida ichki ishlar organlariga katta masʼuliyat va ishonch bildirilganligi, bu boradagi ishonchni oqlash uchun har bir xodim avvalo xizmat intizomi va qonunchilikka qatʼiy rioya qilishi lozimligini taʼkidlab o‘tdilar.

Xizmat intizomi va qonunchilikka qatʼiy rioya etgan holda o‘z xizmat vazifalarini sidqidildan bajarish borasida hamkasblariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan bir guruh xodimlarning ota-onalariga rahbariyatning tashakkurnomasi topshirildi.

Ichki ishlar organlarining eng quyi bo‘g‘ini hisoblangan tayanch punktlari o‘z navbatida fuqarolar murojaat qilish uchun tashrif buyuradigan eng qulay maskandir. Shundan kelib chiqqan holda profilaktika inspektorlari o‘z xizmat xonalarida tozalikka qatʼiy rioya qilishi, murojaat bilan kelgan fuqarolar uchun qulay shart-sharoitlarning yaratilganligi kabi jihatlar ishchi guruh tomonidan oylik doirasida o‘rganilib, zarur tavsiyalar berildi.

Profilaktika inspektorlarining xizmat uylaridan foydalanish tartibi ham ishchi guruh eʼtiboridan chetda qolmadi, profilaktika inspektorining xizmat uyi mahallada yashovchi boshqa oilalar uchun “Eng fayzli xonadon” etaloni bo‘lishi kerakligi aloxida taʼkidlandi.

Yakunda shaxsiy tarkib ishtirokida saf ko‘rigi o‘tkazilib, xodimlarning xizmat kiyimini belgilangan tartibda kiyishlari ko‘zdan kechirildi.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech