Bog‘ot tumanida “Payshanba – huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” munosabati bilan keng qamrovli targ‘ibot tadbirlari amalga oshirildi
Joriy yilning 26 yanvar kuni Xorazm viloyati Bog‘ot tumanida “Payshanba – huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” munosabati bilan profilaktik yo‘nalishdagi turli chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Xususan, Bog‘ot tumani Ichki ishlar bo‘limining rahbar xodimlari, profilaktika inspektorlari va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektorlar hamda inspektor-psixologlar tomonidan hamkor tashkilotlar vakillari bilan birgalikda mahallalarda, mehnat jamoalarida va taʼlim muassasalarida profilaktik uchrashuvlar o‘tkazildi. Nizoli va ajrim yoqasiga kelgan oilalarni yarashtirish maqsadida o‘tkazilgan suhbatlar natijasida bir necha oilalarning yarashuvi taʼminlandi.
Uchrashuv va davra suhbatlarida mahalla faollari hamda jamoatchilik vakillarining ishtirok etayotganligi profilaktik chora-tadbirlarning samaradorligini yana-da oshirmoqda.
Shuningdek, ichki ishlar organlarining profilaktik hisobida turgan shaxslar, shu jumladan xotin-qizlarni doimiy ish bilan band qilish, masalalariga ham alohida eʼtibor qaratilib, ish beruvchilar bilan yaqin hamkorlik o‘rnatilib, bir necha fuqarolar doimiy ishga joylashtirildi.
Ov yoki pnevmativ qurollarga ega bo‘lgan shaxslarning o‘zlariga tegishli qurol va uning o‘q-dorilarini saqlash va ulardan foydalanish tartiblari nazorat tartibida o‘rganib chiqildi.
Ichki ishlar bo‘limi probatsiya guruhi va profilaktik hisobida turgan har bir shaxsiy bilan yakka tartibda profilaktik suxbat o‘tkazildi.
Xorazm viloyati IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi tomonidan tayyorlangan huquqbuzarliklar profilaktikasiga oid targ‘ibot bukletlari aholiga tarqatildi.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati