4 Dekabr 2022 yil 491

Chora-tadbirlar “mahallabay” tartibda amalga oshirilmoqda

Mamlakatimizda amalga oshirilgan islohotlarni to‘laqonli amalga oshirishda mahalla tizimi muhim o‘rin tutadi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki, fuqarolarning dardu-tashvishini dastlab mahalla fuqarolar yig‘ini eshitadi va ushbu muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar bilan chiqadi.

Ana shundan kelib chiqqan holda Xorazm viloyati IIB rahbariyati tomonidan  chora-tadbirlarni “mahallabay” tartibda amalga oshirishni yo‘lga qo‘ydi.

Joriy yilning 3 dekabr kuni Xorazm viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari polkovnik J.Sadullayev Yangiariq tumanida jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni mahalla kesimida tahlil qildi.

Mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, hudud profilaktik inspektori, yoshlar yetakchisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli ishtirokida mahallada jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama etildi, zarur tavsiyalar berildi.

Shuningdek, aholining turmush tarzini yaxshilash, xususan tabiiy va suyultirilgan gaz hamda ko‘mir bilan taʼminlanish ahvoli o‘rganildi. Polkovnik J.Sadullayev “mahalla beshligi”ga mahallada yashovchi fuqarolarning dardu-tashvishlarini bartaraf etish yo‘lida hamkorlikda faoliyat olib borishlari lozimligini uqtirib o‘tdi.

Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari o‘z navbatida  profilaktika inspektorlarining xizmat uylaridan foydalanish tartibini, ularning xizmat uylaridagi mavjud shart-sharoitlarni ham ko‘zdan kechirdi.

Xorazm viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech