Chorshanba – temir yo‘llarda xavfsizlik kuni: Xorazm viloyati IIB TXTB tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbir
O‘zbekiston Respublikasi IIV Transportda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi va “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati hamkorligida ishlab chiqilgan rejaga asosan har haftaning chorshanba kuni “Temir yo‘llarda xavfsizlik kuni” deb belgilangan.
Ana shundan kelib chiqqan holda Xorazm viloyati IIB Transportda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi tomonidan har xaftaning chorshanba kuni xavfsizlikni taʼminlashga qaratilgan turli profilaktik tadbirlar amalga oshiriladi.
Xususan, joriy xaftada temir yo‘llarga yaqin joylashgan aholi yashash hududlarida targ‘ibot va tashviqot ishlari olib borildi. Bunda asosiy eʼtibor so‘nggi paytlarda poyezdlarning harakat tezligi va qatnovi sezilarli darajada oshganligini inobatga olib, temir yo‘llarga yaqin hududlarda yosh bolalarning o‘ynashlariga yo‘l qo‘ymaslik va chorva mollarini boqmaslik to‘g‘risida tushuntirildi.
Shuningdek, “Oyna” profilaktik tadbiri doirasida temir yo‘llarga yaqin hududdagi umumtaʼlim maktablarida o‘quvchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, harakatlanayotgan poyezdlarga tosh otish yoki temir yo‘llarga begona jismlarni qo‘yish natijasida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlar to‘g‘risida tushuntirishlar berildi.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati