17 Yanvar 2021 yil 1064

Yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni rivojlantirish asosiy maqsadimiz 

Bugungi kunda mamlakatimizda sog‘lom turmush tarzini tadbiq etish va ommaviy sportni rivojlantirish borasidagi ishlar yangi va qizg‘in bosqichga chiqqan desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

O‘z navbatida aholini ommaviy sport mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanishlari uchun qulay va zarur shart-sharoitlarni yaratish borasida ham bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.

Ayniqsa yoshlarni sportga qiziqtirish, ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ichki ishlar organlari tomonidan maqsadli va manzilli ishlar olib borilmoqda.

Hududiy ichki ishlar organi boshliqlari ayni paytda 3-sektor rahbari sifatida sektor hududida turli sport to‘garaklarini tashkil etish,  sport musobaqalarini o‘tkazishda ham tashabbus ko‘rsatib kelmoqdalar.   

Jumladan, Urganch tumani IIB boshlig‘i tashabbusi bilan tumandagi maktab o‘quvchilari o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha “IIB boshlig‘i kubogi” musobaqasi o‘tkazildi.

Musobaqada g‘oliblikni qo‘lga kiritgan va faol ishtirok etgan o‘quvchilar kubok, diplom va sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech