Ezgu maqsad yo‘lida birlashgan dugonalar
Ezgu maqsad yo‘lida birlashgan dugonalar
Bugun Urganch shahri ko‘chalarida xizmat olib borayotgan Milliy gvardiya xodimlari safida xotin-qizlarni ham ko‘plab uchratmoqdamiz. Ha, yangi tashkil etilgan ushbu harbiy tuzilma tarkibiga xotin-qizlar ham xizmatga qabul qilindi.
Xorazm viloyatida Milliy gvardiya xarbiy xizmatchisi bo‘lgan xotin-qizlarning jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash bo‘yicha dastlabki ko‘nikma va malakalarini shakllantirishda viloyat ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan tajribali xotin-qizlar beminnat yordam bermoqdalar.
Ilgari umumtaʼlim maktabida, oliy yoki o‘rta-maxsus o‘quv muassasalarida taʼlim olish jarayonida dugona bo‘lgan xorazmlik qizlarni yurt tinchligini saqlash va fuqarolar xavfsizligini taʼminlashdek ezgu maqsad yana birlashtirdi.
Xorazm viloyati IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektorlari tomonidan Milliy gvardiyaning xarbiy xodimalari uchun tashkil etilgan navbatdagi seminar-trening “Jamiyatda xotin-qizlar o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish” mavzusida bo‘ldi.
Shundan keyin Milliy gvardiya xarbiy xodimalari seminar-trening jarayonida olgan bilimlarini ichki ishlar organlarining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektorlari bilan hamkorlikda olib borgan xizmat jarayonida amaliy jihatdan mustahkamlash imkoniyatiga ham ega bo‘ldilar.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati