22 Iyul 2020 yil 800

Ezgulikka yo‘g‘rilgan chora-tadbirlar

Koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining qaroriga asosan joriy yilning 10 iyul kunidan 1 avgust kuniga qadar  mamlakatimizda karantin chora-tadbirlari kuchaytirilib, ayrim turdagi cheklovlar joriy etildi.

Epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda aholi salomatligini saqlash borasida joriy etilgan cheklovlarga rioya qilinishini taʼminlash ichki ishlar organlari xodimlari zimmasiga bir karra masʼuliyat yuklashi tabiiy albatta.

Xalq manfaatlariga xizmat qilishni o‘zining muqaddas burchi deb biluvchi Xorazm viloyati ichki ishlar organlari xodimlari bu borada o‘z xizmat vazifalariga bajarishga yana-da masʼuliyat bilan yondashib kelmoqdalar desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Viloyatlararo va tumanlararo chegara hududlarida tashkil etilgan doimiy va vaqtinchalik to‘siq-postlarda xizmat olib borayotgan ichki ishlar xodimlari kirish-chiqish tartibini taʼminlayotgan bo‘lsalar, harakatdagi postlarda xizmat olib borayotan ichki ishlar xodimlari esa aholi o‘rtasida o‘zini-o‘zi yakkalash tartibini taʼminlashda o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shib kelmoqdalar.

Sutkaning transport vositalari harakatiga cheklovlar o‘rnatilgan paytda yo‘l belgilari va yo‘l chiziqlarining taʼmirlanayotganligi esa xalqimizning har qanday vaziyatda ham ezgulik sari intilishidan dalolat beradi.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech