Faol ayollar – jamiyat tayanchi
Urganch shahrida O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar jamoatchilik kengashi tashabbusi bilan o‘tkazib kelinayotgan «Yil ayoli» va «Gender tenglik faoli» milliy tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tanlov yakuniga ko‘ra, Tuproqqal’a tumani IIB HPB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori, podpolkovnik Shahnoza Botirova «Yilning eng vatanparvar ayoli» nominatsiyasi g‘olibi deb topildi.
– Yil davomida mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash tuman bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda mahallalarda, o‘quv muassasalarida, korxona-tashkilotlarda xotin-qizlar o‘rtasida jinoyat hamda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, ularni ijtimoiy-huquqiy himoya qilish, ish bilan ta’minlash bo‘yicha muayyan ishlar amalga
oshirildi, – deydi podpolkovnik Shahnoza Botirova. – Natijada tuman hududida istiqomat qiluvchi xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli yaxshilanib, ular tomonidan jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etilishi keskin kamayishiga erishildi.