Fidokorona xizmatlar eʼtirofi
Har bir maʼmuriy hudud ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha to‘rtta sektorga ajratilgan bo‘lib, 3-sektorga hududiy ichki ishlar organi boshlig‘i rahbarlik qilishi belgilangan.
O‘z navbatida sektor rahbarlarning bu boradagi ishlarni to‘g‘ri tashkil etishi va samaradorlikka erishishi tasdiqlangan meʼzonlar bo‘yicha baholab boriladi.
Jumladan, ayni kunlarda sektor rahbarlari o‘rtasida xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda “Ayollar daftari” ijrosi bo‘yicha tashkil etilgan respublika ko‘rik tanlovining Xorazm viloyati bosqichi g‘oliblari aniqlandi.
Baholash meʼzoniga ko‘ra Xiva shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha 3-sektor rahbari, Xiva shahar IIB boshlig‘i podpolkovnik Botir Otajanov tanlovning viloyat bosqichida faxrli 3-o‘rinni egalladi.
28 avgust kuni Xorazm viloyati Hokimligida tanlov g‘oliblarini taqdirlash jarayoni bo‘lib o‘tdi hamda g‘oliblarga diplom va sovg‘alar topshirildi.
Shuningdek, xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va psixologik qo‘llab-quvvatlash, bandligini taʼminlash, tadbirkorligini yo‘lga qo‘yish borasidagi ishlarni samarali tashkil etish hamda “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning muammolarini tizimli ravishda hal etishda o‘zining mehnati bilan barchaga namuna ko‘rsatib kelayotganligi uchun Xorazm viloyati IIB sektorlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik Shuxrat Iskandarov Kasaba uyushmalari federatsiyasi Xorazm viloyat kengashining faxriy yorlig‘i va esdalik sovg‘asi bilan taqdirlandi.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati