9 Mart 2022 yil 613

Firibgarlik bilan bog‘liq jinoyat fosh etildi

Maʼlumki bugungi kunda yo‘l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida haydovchilarning nazariy va amaliy bilim hamda ko‘nikmalarini oshirish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.

Shundan kelib chiqqan holda haydovchilar tayyorlash o‘quv kurslari va ulardan yakuniy sinov imtihonlarini qabul qilish jarayonlari ochiq, shaffof shu bilan birgalikda qatʼiy nazorat ostida o‘tkazilishini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Bu boradagi jarayonlarda qonunbuzilish xolatlarining oldini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan profilaktik va nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Jumladan, joriy yilning 14 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlikni taʼminlash bosh boshqarmasi Xorazm viloyati bo‘yicha bo‘limi va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Xorazm viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida Xonqa tumanida yashovchi J.B. fuqaro I.J. va uning ikki nafar tanishini haydovchilik guvohnomasini olish uchun sinov imtihonlaridan o‘tkazishda yordam berishi aytib, ishonchiga kirib, undan 400 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan olayotgan paytida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Xozirgi kunda mazkur xolat yuzasidan fuqaro J.B.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi va 28-211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech