8 Iyul 2020 yil 787

Fuqarolarning huquq va erkinliklarini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar

Ichki ishlar organlarining asosiy vazifalari fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, jismoniy va yuridik shaxslarning mulkini, konstitutsiyaviy tuzumni himoya qilishdan, qonun ustuvorligini, shaxs, jamiyat va davlatning xavfsizligini taʼminlashdan, shuningdek huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktikasidan iboratdir. Ichki ishlar organlarining ushbu asosiy vazifasini amalga oshirishda esa malakali xodimlar yetakchi rol o‘ynaydi. Shundan kelib chiqqan holda ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy bilim va malakalarini uzluksiz ravishda oshirib borishga alohida eʼtibor qaratiladi.

Xizmat safari bilan Xorazm viloyatida bo‘lib turgan, O‘zbekiston Respublikasi IIV PPX va JTSBB boshlig‘ining o'rinbosari polkovnik B.Mamenov hamda HPBB masʼul xodimi kapitan B.Valiyevlar viloyatdagi shahar va tumanlar  IIB, shuningdek sohaviy xizmatlar shaxsiy tarkibi bilan (karantin qoidalariga rioya qilgan holda) uchrashuvlar o‘tkazib, xodimlarga xizmat faoliyatlarini amalga oshirishda amaldagi qonunchilik va intizom nizomiga qatʼiy rioya etishlari yuzasidan zarur tushuntirishlar berdilar.

Shu bilan birgalikda, ichki ishlar organlarining bevosita keng jamoatchilik bilan ishlovchi profilaktika inspektorlarining xizmat faoliyatlari, ular uchun xizmat xonalari va xizmat uylarida yaratilgan shart-sharoitlar ham Vazirlik masʼul xodimlari tomonidan ixtiyoriy tanlov asosida o‘rganib chiqildi.

Shuningdek IIV masʼul xodimlari viloyatda istiqomat qiluvchi, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslarning ijtimoiy moslashuvini taʼminlash maqsadida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishib, mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda manzilli chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech