“G‘amxo‘rlik-2022”: Xorazm viloyatida amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar
Ayni kunlarda jajji bolajonlarning aksariyati yozgi taʼtil kunlarini oromgohlarda o‘tkazishmoqda. Ularning dam olishlarini maroqli va xavfsiz tashkil etish borasida esa ichki ishlar organlari tomonidan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
Jumladan, “G‘amxo‘rlik - 2022” profilaktik tadbiriga asosan viloyatdagi barcha bolalar oromgohlarida ichki ishlar organlari inspektor-psixolog va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha profilaktika katta inspektorlari tomonidan turli targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda.
Bu borada Yangiariq tumani IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori leytenant K.Ernazarova tumanda faoliyat yuritayotgan har bir oromgohda inspektor-psixologlar hamrohligida uchrashuv va davra suhbatlarini o‘tkazishda faollik ko‘rsatmoqda.
Bolalar bilan uyushtirilgan samimiy suhbatlar jarayonida ularga belgilanmagan suv xavzalarida cho‘milmaslik, yo‘l harakati va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati