Giyohfurush shaxsning sheriklari ham yonida giyohvandlik vositasi saqlab qo‘yganliklari maʼlum bo‘ldi
Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki jo‘natish, shuningdek o‘tkazish bilan jinoyatlarni aniqlashga qaratilgan tezkor tadbirlar davom etmoqda.
2023 yilning 6 yanvar kuni Xorazm viloyati IIB Tezkor-qidiruv xizmati xodimlari tomonidan yuqoridagi yo‘nalishda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ham giyohfurushlik bilan bog‘liq xolat fosh etildi.
Jumladan, Xiva tumanida yashovchi, 1964 yilda tug‘ilgan, R.M. Yangiariq tumanida 5 gramm miqdordagi “geroin” giyohvandlik vositasini qonunga xilof ravishda 7 000 000 so‘mga sotayotgan paytida tezkor xodimlar tomonidan jinoyat ustida ushlandi. Uning yonida yana 7 gramm “geroin” giyohvandlik vositasi borligi maʼlum bo‘ldi.
Xalqimizda “Do‘stingni kimligini aytsang, seni kimligingni aytaman” degan dono ibora bor. Giyohvandlik vositasining oldi-sotdisini amalga oshirish vaqtida R.M. ga hamroxlik qilib kelgan ikki nafar sherigining o‘zini beʼjo tutishlari ichki ishlar organlari xodimlarida shubha uyg‘otdi. Shundan keyin ularning yoni ham xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida tezkor xodimlarning shubhasi o‘z tasdig‘ini topdi.
Xususan, Xiva tumanida yashovchi, 1976 yilda tug‘ilgan, A.X.ning yonidan 7 bo‘lak, jami vazni 3 gramm bo‘lgan “geroin” giyohvandlik vositasi topilgan bo‘lsa, yana bir sherigi, Xiva tumanida yashovchi, 1973 yilda tug‘ilgan, U.A.ning yonidan 2 bo‘lak, umumiy vazni, 0,89 gramm bo‘lgan “geroin” giyohvandlik vositasi ashyoviy dalil tariqasida olindi.
Yakunda gumondorlardan ashyoviy dalil tariqasida olingan “geroin” giyohvandlik vositalarining umumiy vazni esa 15,89 grammni tashkil etdi.
Mazkur xolat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati