19 Dekabr 2022 yil 552

Giyohfurushlarning qilmishiga chek qo‘yildi

Mamlakatimizda giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyatlarga chek qo‘yish maqsadida muntazam  ravishda  keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlar  o‘tkazib kelinadi.

Albatta bu tadbirlar natijasida giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq bir qancha jinoyatlar fosh etilib, jinoyatchilardan har xil turdagi giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar ashyoviy dalil tariqasida olinmoqda.

Xususan, 2022 yil 9 dekabr kuni Xorazm viloyati IIB Tezkor-qidiruv xizmati JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, shifoxonada hamshira bo‘lib ishlovchi, 1982 yilda tug‘ilgan, qo‘shko‘pirlik D.N. (ayol) tanishiga jami vazni 0,0037 gramm “Morfin” giyohvandlik dori vositasini 400 000  so‘mga sotib o‘tkazgan vaqtida ushlangan.

Shuningdek, joriy yilning 6 dekabr kuni viloyat IIB Tezkor-qidiruv xizmati JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Urganch shahrining “Bobur” mahallasida istiqomat qiluvchi, 1992 yilda tug‘ilgan, U.D. to‘xtatilib, yonlari xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, uning yonida 7 ta konvalyutadagi 136 dona, jami vazni 40,8 gramm ko‘p miqdordagi kuchli taʼsir qiluvchi “Peregabalik” moddasi borligi aniqlangan.

Bundan tashqari, joriy yilning 23 noyabr kuni, viloyat IIB Tezkor-qidiruv xizmati JQB tezkor xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Urganch shahrida yashovchi,  1979 yilda tug‘ilgan, Sh.Q. (ayol) o‘zi istiqomat qilib kelayotgan mahalla hududida 1 quti jami 10 dona “Zardeks” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasi hamda 2 ta oq qog‘ozga o‘ralgan “marixuana” giyohvandlik vositasini 1 300 000  so‘mga sotgan paytida jinoyat ustida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Shundan so‘ng, gumondorning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganida yotoqxonasidagi javondan 2 quti jami 20 dona “Zardeks” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasi, 21 dona falga qog‘oziga o‘ralgan “tramadol” giyohvandlik vositasi hamda 2 bo‘lak yaltiroq qog‘ozga o‘ralgan “marixuana” giyohvandlik vositasi ashyoviy dalil sifatida olindi.    

Mazkur xolatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech