27 Yanvar 2022 yil 567

Giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyatlar fosh etildi

Bugungi kunda giyohvandlik vositalari, ularning analoglari va psixotrop moddalar bilan bir qatorda, inson ongi va sog‘lig‘iga salbiy taʼsir ko‘rsatuvchi kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalar ham keng tarqalayotgani dunyo hamjamiyatini tashvishga solmoqda.

Shu bois mamlakatimizda giyohvandlik vositalari, ularning analoglari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish bilan birgalikda kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muamalaga kiritilishiga qarshi kurashish ham kuchaytirilgan tarzda olib borilmoqda.

Xorazm viloyati IIB tomonidan viloyat hududida narkotik va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish borasida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Jumladan, 2022 yil 12 yanvar kuni Xorazm viloyati IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Urganch tumani “Sholikorlar” mahallasida yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan Q.B. mahalladoshi, 1982 yilda tug‘ilgan B.H bilan jinoiy til biriktirib, “Yangiobod” mahallasi hududida 1,65 gramm “marixuana” giyohvandlik vositasini 600 ming so‘mga sotgan paytida ushlangan.

Shuningdek, Shovot tuman IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Shovot tumani “Qumyop” mahallasida yashovchi, 1980 yilda tug‘ilgan K.S. 16 yanvar kuni  “Arboblar” mahallasi hududida 1 bo‘lak selofan paketga o‘ralgan jami vazni 0,36 gramm bo‘lgan “gashish” giyohvandlik vositasini 500 ming so‘mga qonunga xilof ravishda sotgan paytida ushlangan.

Bundan tashqari, viloyat IIB JQB xodimlari tomonidan 2022 yil 21 yanvar kuni Urganch shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Yu.Bobojanov ko‘chasida yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan A.F.  uyi oldida 0.53 gramm “gashish” giyohvandlik vositasini 600 ming so‘mga sotgan vaqtida ushlandi. Uning yonlari ko‘zdan kechirilganida esa cho‘ntagida 0.52 gramm “gashish” giyohvandlik vositasini sotish maqsadida saqlab qo‘yganligi aniqlangan.

Yuqoridagilar tashqari, viloyat IIB JQB xodimlari tomonidan 2022 yil 18 yanvar kuni Urganch shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, “Termiz” ko‘chasida yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan P.T.ning yonlari xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, telefon apparati g‘ilofida 0.21 gr “gashish” giyohvandlik vositasini saqlab qo‘yganligi aniqlangan. 

Keltirib o‘tilgan barcha holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech