27 Aprel 2022 yil 585

Giyohvandlik vositalari savdosiga chek qo‘yildi

Bugungi kunda dunyo hamjamiyatini tashvishga solayotgan global muammolardan biri bu giyohvandlik vositalaridir desak mubolag‘a bo‘lmaydi. 

Shu bois mamlakatimizda giyohvandlik vositalari, ularning analoglari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish kuchaytirilgan tarzda olib borilmoqda.

Xorazm viloyati IIB tomonidan viloyat hududida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish borasida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Jumladan, Urganch tumani Chotko‘pir qishlog‘ida yashovchi,  1978-yilda tug‘ilgan O.S. tanishi Qo‘shko‘pir tumanida yashovchi, 1977-yilda tug‘ilgan tanishi H.H. bilan oldindan jinoiy til biriktirib, 2022-yil 24-aprel kuni  jami vazni 0,07 gramm bo‘lgan “geroin” giyohvandlik vositasini 200 000 so‘mga sotgan vaqtida ushlangan.

Shuningdek, Urganch shahar 6-dahada yashovchi, 1971-yilda tug‘ilgan S.A. 2022-yil 22-aprel kuni Urganch shahar “Jingavuz” mahallasi hududida jami vazni 0,07 gramm bo‘lgan “geroin” giyohvandlik vositasini 600 000 so‘mga sotgan vaqtida ushlangan.

Keltirib o‘tilgan barcha holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech