G‘oliblar ko‘rik-tanlovning respublika bosqichiga tavsiya etildi
Bugungi kunda ichki ishlar organlarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, joylardagi kutubxonalarni maʼnaviy-maʼrifiy, badiiy-estetik talablarga javob beradigan milliy va jahon adabiyotining eng sara namunalari bilan boyitish, shuningdek, xodimlarning intellektual salohiyati, ongu tafakkuri, dunyoqarashi va maʼnaviyatini yuksaltirish, kitobxonlik madaniyati oshirish hamda ular o‘rtasida faol kitobxonlar safini kengaytirish va notiqlik xususiyatlarini yuksaltirishga alohida eʼtibor qaratilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining “Ichki ishlar organlari o‘rtasida “Namunali maʼnaviyat va maʼrifat xonasi”, “Eng yaxshi kutubxona”, “Eng yaxshi kitobxon” ko‘rik-tanlovlarini o‘tkazish to‘g‘risida”gi buyrug‘i bu boradagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Xorazm viloyati IIB tarkibidagi barcha hududiy va sohaviy ichki ishlar organlari mazkur ko‘rik-tanlovda faol ishtirok etdilar.
Ko‘rik-tanlov natijalariga ko‘ra Xorazm viloyati IIB da tashkil etilgan kutubxona “Eng yaxshi kutubxona” nominatsiyasida, Xiva shahar IIB da tashkil etilgan “Maʼnaviyat va maʼrifat xonasi” esa “Namunali maʼnaviyat va maʼrifat xonasi” nominatsiyasida g‘olib deb topildi va ko‘rik-tanlovning respublika bosqichida qatnashishga tavsiya etildi.
IIV Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti bo‘lim boshlig‘i mayor A.Boltayev Xorazm viloyatida xizmat safarida bo‘lib, ko‘rik-tanlov g‘olibi deb topilgan Xorazm viloyati IIB kutubxonasi va Xiva shahar IIB “Maʼnaviyat va maʼrifat xonasi” bilan yaqindan tanishib, yaratilgan shart-sharoit va qulayliklarni o‘rganib, asosli ravishda g‘olib deb topilganligini yana bir bor tasdiqladi.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati