28 Avgust 2022 yil 370

Harbiy qismda "Kitoblar yarmarkasi"

 IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qo‘shinlariga qarashli 7260-sonli harbiy qismda “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish-oliy burchimiz!” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Vatanparvarlik oyligi” doirasida “Kitoblar yarmarkasi” tashkil etildi. Mazkur tadbirda harbiy xizmatchilar hamda ularning oila aʼzolari ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan turli adabiyotlardan xarid qilishdi.

 -Inson maʼnaviyatini yuksaltirishda kitobning o‘rni muhim ahamiyatga egadir,-deydi harbiy qism Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘linmasi boshlig‘i, mayor G‘iyosiddin Tangirov.-Shu bois, kitobni xazinalar kaliti, durdonalar sandig‘i, tafakkur chirog‘i, deya taʼriflashadi. Uni sevib mutolaa qilishadi. Mazkur tadbir ham ana shunday ezgu maqsadlarda tashkil etildi.

 “Vatanparvarlik oyligi” doirasidagi bu kabi tadbirlar davom etmoqda.

 

                                                                     Xudoybergan JABBOROV,

                                                                             “Postda” muxbiri.

Text to speech