Hazorasp tumani Ichki ishlar bo‘limida “Intizom oyligi” doirasida psixologik trening o‘tkazildi
Ayni kunlarda Xorazm viloyati IIB hamda uning hududiy va sohaviy xizmatlarida “Intizom oyligi” doirasida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlashga qaratilgan manzilli va maqsadli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Hazorasp tumani IIB da “Intizom oyligi” doirasida shaxsiy tarkib ishtirokida psixologik trening o‘tkazildi.
Jamoa bilan ishlash, olomon psixologiyasini o‘rganish va ularni boshqarish, ziddiyatli vaziyatlarda qaror qabul qilish taktikasi kabi yo‘nalishlarda tashkil etilgan psixologik treningda bo‘limning barcha shaxsiy tarkibi faol qatnashdi.
Psixologik treningni, mutaxassisligi psixolog bo‘lgan, tuman IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektor lavozimida xizmat qilib kelayotgan Anaposhsha Qurbanova tomonidan o‘tkazilganligi esa shaxsiy tarkibning mashg‘ulotda erkin va samimiy ishtirok etishlari uchun imkoniyat yaratdi.
Shuningdek, “Intizom oyligi” doirasidagi chora-tadbirlar samaradorligini yana-da oshirish maqsadida Xorazm viloyatida xizmat safari bilan kelgan IIV Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti masʼul xodimi tomonidan tuman ichki ishlar bo‘limida shaxsiy tarkib yaratilgan shart-sharoitlar, xodimlarning ish yurituvida bo‘lgan hujjatlar nazorat tartibida o‘rganilib, zarur tavsiyalar berildi.
Bu boradagi tadbirlar davom etadi.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati