14 Dekabr 2022 yil 519

Hazorasp tumanida navbatdagi ochiq muloqot hamkorlikda o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Xotin-kizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Qaroriga asosan "Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga himoya orderini berish tartibi to‘g‘risida"gi Nizom tasdiqlanib, unga binoan profilaktika inspektorlari himoya orderi berish vakolatiga ega bo‘lishdi.

Shuningdek, tumanda 11 oy mobaynida 162 nafar xotin-qizlarga himoya orderi berilib, huquq va manfaalari davlat himoyasiga olindi.

"Xotin -qizlarga nisbatan zo‘ravonlik uchun javobgarlik", "Himoya orderi talablarini bajarmaslik uchun javobgarlik” mavzularida jinoyat ishlar bo‘yicha tuman sudining raisi M.Ro‘zmetov hamda tuman IIB JXX XPB XKMB katta inspektori katta leytenant A.Qurbanovalar tomonidan himoya orderi olgan xotin-qizlar bilan davra suhbati o‘tkazildi.

Ochiq muloqot davomida xotin-qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar va kerakli maʼlumotlarga ega bo‘ldilar.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech