Hazorasp tumanida sodir bo‘lgan jinoyatlar jamoatchilik ishtirokida muhokama qilindi
Har qanday jinoyatni keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad kelgusida shu kabi jinoyatlarni qayta sodir etilishini oldini olishda keng jamoatchilikning ishtiroki va masʼuliyatini oshirishdir.
Ana shundan kelib chiqqan holda, Hazorasp tumanida sodir etilgan jinoyatlar “Payshanba - huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” munosabati bilan viloyat IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i polkovnik J.Q.Sadullayev raisligida jamoatchilik ishtirokida muhokama etildi.
Muhokama jarayonida har bir jinoyatning kelib chiqishi uchun sabab bo‘lgan omillar atroflicha o‘rganilib, kelgusida bu kabi jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilab olindi.
Yig‘ilishda ishtirok etgan tuman ichki ishlar bo‘limi masʼul xodimlarining jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi hisoboti eshitildi.
Jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etilishi darajasi bo‘yicha “qizil” va “sariq” toifaga kirgan har bir mahallaga tuman ichki ishlar bo‘limi masʼul xodimlari biriktirilib, profilaktik chora-tadbirlarni yana-da kuchaytirish belgilab olindi.
Mahallada jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishda faol ishtirok etib kelayotgan fuqarolarni moddiy va maʼnaviy rag‘batlantirish yuzasidan taklif kiritildi.
Bu kabi profilaktik chora-tadbirlar bugun viloyat IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi xodimlari ishtirokida barcha shahar va tumanlarda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati