14 Mart 2024 yil 2915

Xiva shahrida yoshlar ishtirokida madaniy-maʼrifiy tadbirlar o‘tkazildi

14-mart kuni Xiva shahrida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida uchrashuv va turli madaniy-maʼrifiy tadbirlar o‘tkazildi.

Tadbirda Xorazm viloyati IIB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi shaxsiy tarkibi tomonidan jamoat tartibini saqlash va ishtirokchilar xavfsizligini taʼminlash bilan bir qatorda boshqarma tasarrufidagi transport vositalari ham namoyish etildi.

"Ichan qalʼa" tarixiy majmuasi oldida bo‘lib o‘tgan ushbu tadbirlar bevosita ishtirok sayyohlarda ham unutilmas taassurot qoldirdi.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech