16 Yanvar 2024 yil 3852

Xiva tumani Ichki ishlar bo‘limida xizmat qilayotgan xodimlar bilan tuman hokimining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 16-yanvar kuni Xiva tumani Ichki ishlar bo‘limida xizmat qilayotgan xodimlar bilan tuman hokimi X. Matrasulovning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

O‘zaro ishonch va samimiylik asosida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ichki ishlar bo‘limining xodimlarining xizmat faoliyati va shaxsiy hayoti bilan bog‘liq taklif hamda muammolari manzilli o‘rganildi.

Xususan, profilaktika inspektorlarining xizmat faoliyatini to‘laqonli bajarishlarida to‘sqinlik qilayotgan muammolarni bartaraf etishda tuman hokimligi hamda mutasaddi tashkilotlar tomonidan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

Uchrashuv yakunida o‘z xizmat vazifalarini sidqidildan bajarib kelayotgan bir guruh fidoyi xodimlarga tuman hokimining tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Text to speech