18 Yanvar 2024 yil
4082
Xonqa tumani Ichki ishlar bo‘limida hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Xorazm viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari polkovnik J.Sadullayev raisligida Xonqa tumani IIB shaxsiy tarkibi ishtirokida hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishda 2023-yil davomida tumanda jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, sodir etilgan jinoyatlarni fosh etish, shaxsiy tarkib o‘rtasida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash borasida amalga oshirilgan ishlar sarhisob etilib, mazkur yo‘nalishda 2024-yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilab olindi.