8 Mart 2024 yil 4558

Xorazm viloyati IIB boshlig‘i, polkovnik Ravshan Irkinovich Sultanxodjayevning “8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan yo‘llagan bayram tabrigi

Hurmatli opa-singillar, aziz hamkasblar !

Sizlarni “8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami bilan chin dildan tabriklayman.

Bugungi kunda xotin-qizlar mamlakatimizdagi demokratik jarayonlarning, xalqchil islohotlarning faol va tashabbuskor ishtirokchisiga aylanib bormoqda.

Davlat boshqaruv tizimida, parlament va mahalliy kengashlarda, turli sohalarda bilimdon va fidoyi opa-singillarimizning ulushi ortmoqda.

Xususan, viloyat ichki ishlar boshqarmasi va uning quyi tizimlarida xizmat qiluvchi xotin-qizlarning safi kengaymoqda.

Tizimda xizmat qilayotgan fidoyi ayol xodimalarimiz jasur yigitlarimiz bilan yelkama-yelka turib, vijdonan va sidqidildan xizmat olib borayotganligi – ularning erishgan bir qator yutuqlarida ham namoyon bo‘lmoqda.

Shu bilan birgalikda xizmat vazifasini bajarish vaqtida qaxramonlarcha halok bo‘lgan safdoshlarimizning farzandlariga ham ona, ham ota o‘rnida g‘amho‘rlik qilib kelayotgan turmush o‘rtoqlarini esa haqiqiy matonat va sadoqat ramzi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Aziz opa-singillar!

Fursatdan foydalanib, Sizlarni yana bir bor “8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami bilan samimiy tabriklayman. Sizlarga uzoq-umr, sihat-salomatlik, bahoriy kayfiyat, oilangizga qut-baraka tilayman.

Hurmat bilan,

Xorazm viloyati IIB boshlig‘i, polkovnik

Ravshan Irkinovich Sultanxodjayev

Text to speech