10 Noyabr 2021 yil 27

“TANLOVGA MARHAMAT” : XORAZM VILOYATI ICHKI ISHLAR BOSHQARMASI ICHKI ISHLAR ORGANLARINING SAFDORLIK LAVOZIMLARIGA NOMZODLAR TANLOVINI E’LON QILADI

Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati tomonidan Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Yo’l harakati xavfsizligi boshqarmasining safdorlik lavozimlariga viloyatimizda yashovchi, oliy ma’lumotli, “B,C” toifali haydovchilik guvohnomasiga ega fuqarolarning shaxsiy hujjatlari rasmiylashtiriladi.

Tanlovda bo‘yi 175 (bir yuz yetmish besh) santimetrdan past bo‘lmagan erkaklar yoshi o‘n sakkizdan kichik va o‘ttizdan katta bo‘lmagan, shu jumladan o‘ttiz yoshdagi ham, oliy ma’lumotli “Axborot kommunikatsiya texnologiyalari, aloqa yo’nalishi” mutahassisligi bo’yicha oliy o’quv yurtlarini tamomlagan, shaxsiy va ishchanlik sifatlari, sog‘lig‘ining holati va jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha xodimning xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridagi muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni o‘tagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etadi.

Murojaat etuvchi nomzodlar Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmatiga o‘zlari bilan fuqarolik pasporti, harbiy guvohnoma, diplom va baholar ilovasi shuningdek haydovchilik guvohnomasini olib kelishlari shart.

Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar 2021-yil 10-noyabr kunidan
20-noyabr kuniga qadar qabul qilinadi. Ortiqcha ovoragarchilikka yo‘l qo‘ymaslik maqsadida belgilangan kunlardan oldin yoki keyin murojaat etgan fuqarolar nomzodlar ro‘yxatiga kiritilmaydi.

 

Manzil: Urganch shahri Yo‘ldosh Bobojonov ko‘chasi 14-uy

 Murojaat uchun telefon: 62-220-42-05

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech