9 Iyun 2023 yil 414

Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasida tergovchi va surishtiruvchilarning kasbiy bilim va malakalarini oshirishga qaratilgan seminar-trening bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 8 iyun kuni Xorazm viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi bo‘linmalarida xizmat olib borayotgan tergovchi va surishtiruvchilar ishtirokida navbatdagi seminar-trening  o‘tkazildi.

Xodimlarning bilim saviyasini oshirish maqsadida Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazi Xorazm viloyati bo‘limi masʼul xodimlari bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Sud ekspertizasini o‘tkazish uchun tadqiqot obyektlarini taqdim etish va saqlash usullari” mavzusida seminar-trening o‘tkazilib,  Tergov boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik M.Saidov va Markazning Xorazm viloyat bo‘limi eksperti U.Jumaniyozovlar tomonidan mavzuning mazmun-mohiyati ishtirokchilarga batafsil tushuntirildi.

Seminar-trening davomida ishtirokchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob olib, o‘z fikr va mulohazalarini bayon etdilar.

 

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech