13 Oktyabr 2020 yil 597

Xorazm viloyati IIB boshlig‘i general-mayor D.A.Nazarmuxamedov tomonidan aholining murojaatlarini o‘rganish va mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida 2020 yilning 13 oktyabr kuni Bog‘ot tumani “Mirishkor” mahallasida joylashgan musiqa maktabi binosida (karantin qoidalariga qilgan holda) sayyor qabul o‘tkazildi.

Xorazm viloyati IIB boshlig‘i va Bog‘ot tumani Hokimi sayyor qabulda o‘zlarining murojaati bilan ishtirok etgan fuqarolarning muammolariga alohida eʼtibor qaratib, mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan  amaliy choralar ko‘rishdi.

Murojaatlar asosan ichki xo‘jalik yo‘llarini taʼmirlash, ichimlik suvi va elektr energiya bilan uzluksiz taʼminlash, ishga joylashish bilan bog‘liq masalalardan iborat bo‘ldi.

Sayyor qabul doirasida mahalliy yoshlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda esa ularning muammo va takliflari o‘rganildi. Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan yoshlarga imtiyozli kreditlar ajratilishi yuzasidan qarorlar qabul qilindi.

Sayyor qabul doirasida moddiy yordam so‘rab murojaat qilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj uchta oilaga oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.

  Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech