14 Sentyabr 2021 yil 679

Xorazm viloyati IIB boshlig‘ining navbatdagi sayyor qabuli Qo‘shko‘pir tumanida bo‘lib o‘tdi

Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining muammolarini yaqindan o‘rganish va amaliy yordam ko‘rsatishda joylarda sektor rahbarlari tomonidan o‘tkazib kelinayotgan sayyor qabullarning ahamiyati katta bo‘lmoqda.

Bu borada Xorazm viloyati bo‘yicha 3-sektor rahbari,  viloyat IIB boshlig‘i general-mayor D.A.Nazarmuxamedov tomonidan aholining murojaatlarini o‘rganish va mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida navbatdagi sayyor qabul 2021 yilning 14 sentyabr kuni Qo‘shko‘pir tumanida o‘tkazildi.

Xorazm viloyati IIB boshlig‘i tomonidan Qo‘shko‘pir tumani Hokimi J.Rahimov  ishtirokida o‘tkazilgan mazkur sayyor qabulda murojaat etgan fuqarolarning muammolari o‘rganilib, qonuniy hal etish yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Murojaatlar asosan ichki ishlar organlari faoliyati va ijtimoiy soha bilan bog‘liq masalalardan iborat bo‘ldi.

Batafsil o‘rganish uchun qo‘shimcha vaqt talab qilingan murojaatlar alohida nazoratga olindi.

      Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech