17 May 2020 yil 2182

 Xorazm viloyati IIB oliy yoki o‘rta-maxsus maʼlumotga ega bo‘lgan fuqarolarni tizimda bo‘sh bo‘lgan safdorlik lavozimlariga ishga qabul qilish uchun tanlovda qatnashishga taklif etadi.

EʼLON

 Xorazm viloyati IIB oliy yoki o‘rta-maxsus maʼlumotga ega bo‘lgan fuqarolarni tizimda bo‘sh bo‘lgan safdorlik lavozimlariga ishga qabul qilish uchun tanlovda qatnashishga taklif etadi.

 

ESLATMA: Xorazm viloyati hududida doimiy ro‘yxatda turgan, yoshi 18 dan kichik, 30 dan katta bo‘lmagan, shu jumladan 30 yoshdagi ham, oliy  yoki o‘rta-maxsus maʼlumotga ega, harbiy xizmatni o‘tagan, shaxsiy va ishchanlik sifatlari, sog‘ligining holati va jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha xodimning xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tanlovda nomzod sifatida ishtirok etishlari mumkin.

Nomzodlar dastlab o‘zlari bilan quyidagi xujjatlarni olib kelishlari lozim:

-         fuqarolik pasporti;

-         oliy yoki o‘rta-maxsus maʼlumotga ega ekanligini tasdiqlovchi xujjatlar (diplom ilovasi bilan);

-         harbiy guvohnomasi.

Izox: Nomzodlar tomonidan ushbu xujjatlarning asl nusxasi ko‘rsatilishi shart.

 

Nomzodlar 2020 yilning 17-26 may kunlari Xorazm viloyati IIB Kadrlar boshqarmasiga murojaat qilishlari so‘raladi.

Ortiqcha ovoragarchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida 2020 yilning 17-26 may kunlaridan oldin yoki keyin murojaat qilgan fuqarolar yuqoridagi tanlovda nomzodlar ro‘yxatiga kiritilmaydi.

Manzil: Urganch shahar Y.Bobojonov ko‘chasi 14-uy.

Qo‘shimcha maʼlumot uchun telefon: 62 223-05-66.

Text to speech