8 Oktyabr 2020 yil 966

Xorazm viloyati IIB tomonidan “Keksalar xaftaligi” doirasida amalga oshirilgan ishlar

Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 sentyabrdagi “Keksa avlod vakillarining jamiyatdagi o‘rni va ijtimoiy faolligini yana-da oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 816-son qaroriga asosan oktyabr oyining birinchi haftasi “Keksalar haftaligi” etib belgilangan edi.

Shuningdek ushbu qarorda vazirlik, idora va xo‘jalik birlashmalarida rahbar o‘rinbosarlaridan biri jamoatchilik asosida keksalar masalalari uchun masʼul etib belgilanishi va u “Faxriylar kengashi” faoliyatini muvofiqlashtirishi ko‘rsatib o‘tildi.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda joriy yil oktyabr oyining dastlabki xaftasida Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi va uning quyi tizimlari tomonidan soha faxriylarining muammolarini manzili o‘rganish va bartaraf etish maqsadida ichki ishlar organi rahbarining tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari va faxriylar kengashining faol aʼzolaridan iborat guruhlar tashkil etildi.

Ushbu guruh aʼzolari sohada uzoq yillar samarali xizmat qilib, xozirgi kunda keksalik gashtini surayotgan faxriylar hamda xizmat vazifasini bajarish paytida vafot etgan xodimlarning xonadonlariga tashrif buyurib, ularning muammolarini o‘rganishdi.

Keksa faxriylar shu yerning o‘zida malakali tibbiy xodimlar tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, zarur muolajalar belgilandi.

Faxriylarga hamda boquvchisini yo‘qotgan oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech