18 Iyun 2020 yil 904

Xorazm viloyatida 3-sektor rahbarlari uchun o‘quv-seminar tashkil etildi

Barchamizga maʼlumki, hududiy ichki ishlar bo‘limi boshliqlari o‘z navbatida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha 3-sektor rahbari ham hisoblanadi. Ayni kunlarda hududlarda yashovchi aholining turmush tarzini yaxshilash, kambag‘allikni qisqartirish, tadbirkorlikni rivojlantirish sektor rahbarlari oldida turgan dolzarb vazifalardan biridir.

Xorazm viloyatidagi barcha shahar va tumanlar kesimida 3-sektor rahbarlari, yaʼni hududiy ichki ishlar organlari boshliqlarining yuqoridagi vazifalarni amalga oshirishdagi bilim va ko‘nikmalarini yana-da takomillashtirish maqsadida viloyat IIB rahbariyati tashabbusi bilan 17 iyun kuni o‘quv-seminar tashkil etildi.

Sektor rahbarlari va ularning kotiblari ishtirok etgan mazkur o‘quv-seminarda Xorazm viloyati Hokimining o‘rinbosarlari va taalluqli sohaviy boshqarmalar rahbarlari ishtirok etib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining aholi turmush tarzini yaxshilash, kambag‘allikdan chiqarish, tadbirkorlikni rivojlantirishga oid topshiriqlaridan kelib chiqqan holda hududlarda oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirish, aholini jamoat ishlariga jalb etish hamda aholi o‘rtasida o‘zini-o‘zi band qilish tartibini keng tatbiq etish, shuningdek hududlarda xorijiy va mahalliy investorlarni jalb qilgan holda yangi ish o‘rinlarini yaratish, shu bilan birgalikda yangi tashkil etilayotgan korxona va tashkilotlar uchun zarur kadrlarni tayyorlash, qayta o‘qitish, agrar va qurilish sohasini yuksaltirish borasida zarur uslubiy qo‘llanmalar berdilar.

Sektor mutasaddilarining seminar davomida o‘zlashtirgan nazariy bilimlarini yana-da mustahkamlash uchun eng namunaviy sektorda amaliy yaʼni ko‘rgazmali-seminar o‘tkazilishi belgilab olindi.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech