Xorazm viloyatida “Ichki ishlar organlarining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha bo‘linmalari huzuridagi “To‘maris izdoshlari” jamoaviy guruhlari faoliyatini tashkil etish" mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 1 mart kuni Xorazm viloyati musiqali drama teatrida “Ichki ishlar organlarining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha bo‘linmalari huzuridagi “To‘maris izdoshlari” jamoaviy guruhlari faoliyatini tashkil etish" mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Xorazm viloyati Hokimligi, viloyat IIB va Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan mazkur tadbirda 18 dan 30 yoshgacha bo‘lgan xorazmlik faol yoshlar qatnashdilar.
Mazkur tadbirni Xorazm viloyati Hokimining o‘rinbosari N.M.Qutlimuratova ochiq deb eʼlon qilib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining joriy yil 19 yanvar kunidagi 21-sonli qarori xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida yaratilayotgan shart-sharoitlardan biri ekanligi aytib o‘tdi. Mazkur qarorga asosan, “To‘maris izdoshlari” jamoaviy guruhlari tashkil etilishini, ushbu guruhlarning asosiy vazifalaridan biri xotin-qizlarning huquq va erkinliklarini hamda qonuniy manfaatlarni himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni hamkorlikda amalga oshirish, xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirishga ko‘maklashish, aholi o‘rtasida o‘tkazilayotgan profilaktik tadbirlarda xotin-qizlarning muammolarini o‘rganish hamda ularni hal etishning maqbul yo‘llarini aniqlashda yordam ko‘rsatish, o‘rta va o‘rta maxsus va professional taʼlim muassalarida taʼlim olayotgan qizlarning huquq va manfaatlari buzilish bilan bog‘liq xolatlarni aniqlashda ko‘maklashishdan iboratdir.
Shuningdek, mazkur qarorga ko‘ra, IIO xotin-qizlar masalalari bo‘yicha bo‘linmalari huzuridagi “To‘maris izdoshlari” jamoaviy guruhlari aʼzolariga huquq-tartibot organlarining oliy taʼlim muassalariga o‘qishga kirishi uchun tavsiyanoma berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, guruh aʼzolarini huquq-tartibot organlarining oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga qabul qilish kvotalari berilishi haqida bayon qilib o‘tdilar.
Viloyatda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlarni amalga oshirishda faol ishtirok etib kelayotgan xotin-qizlardan bir guruhi tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.
Mazkur tadbirning madaniy qismida teatrning ijodiy jamoasi tomonidan sahnalashtirilgan “To‘maris” spektalidan parcha namoyish etildi.
Xushovoz xonandalar tomonidan ijro etilgan kuy va qo‘shiqlar barchaga birdek xush kayfiyat ulashdi.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati