8 Dekabr 2023 yil 6039

Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik R.I.Sultanxodjayevning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan bayram tabrigi

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan ichki ishlar organlarining barcha xodimlarini, aziz faxriylarimizni hamda xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan hamkasblarimizning oila aʼzolarini samimiy tabriklayman.

Mamlakatimiz Konstitutsiyasi xalqimizning ko‘p yillik orzu-intilishlarini, mustaqil davlatchiligimizning huquqiy asosini o‘zida mujassam etgan oliy hujjat sifatida barchamiz uchun qadrlidir.

Asosiy qomusimiz bo‘lgan Konstitutsiya huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish hamda yurtimizning dunyoda munosib o‘ringa ega bo‘lishida mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda.

Joriy yilgi bayram o‘z ko‘lami, tarixiy ahamiyati bilan yangicha shukuh va tarovat kasb etmoqda. Xabaringiz bor, joriy yil 30 aprel kuni mamlakatimiz hayotida birinchi marta umumxalq referendumi asosida yangilangan Konstitutsiyamizni qabul qildik. Referendumda qatnashgan fuqarolarning mutlaq ko‘pchiligi “Bu – mening Konstitutsiyam”, deb g‘urur bilan ovoz berdi. Referendum keyingi yillarda xalqimizning siyosiy ongi, huquqiy madaniyati naqadar yuksalganini amalda ko‘rsatdi.

Yangi Konstitutsiya orqali har bir insonning shaʼni va qadr-qimmati huquqiy jihatdan mustahkamlandi. Yurtimizning insonparvar, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat ekanligi huquqiy asoslandi. Xalqimiz muallifligida ishlab chiqilgan Yangi O‘zbekistonning Yangi Konstitutsiyasi mamlakatimiz taraqqiyoti, fuqarolarimiz turmush tarzini yuksaltirishga xizmat qiladi.

Fursatdan foydalanib, Sizlarni Konstitutsiya kuni bilan yana bir bor chin dildan qutlab, hammangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilayman.

Ushbu ulug‘ va qutlug‘ sana munosabati bilan barchalaringizga, Konstitutsiya va qonunlarimizning so‘zsiz bajarilishini taʼminlash, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilish, mustaqil Vatanimizning porloq kelajagini mustahkamlash yo‘lida olib borayotgan sharafli va mashaqqatli ishlaringizga ulkan zafarlar tilab qolaman.

Hurmat bilan,

Xorazm viloyati IIB boshlig‘i, polkovnik

Ravshan Sultanxodjayev

Text to speech