26 Dekabr 2023 yil 4492

Xorazm viloyati IIB boshlig‘i polkovnik R.I.Sultanxodjayev tomonidan Xonqa tumanida aholi murojaatlarini o‘rganish maqsadida sayyor qabul o‘tkazildi

2023-yil yakuniga yetib borayotgan shu kunlarda Xorazm viloyatida sektor rahbarlari tomonidan yurtdoshlarimizning muammolarini bartaraf etish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash orqali ularning joriy yilda ko‘zlagan rejalari amalga oshishiga yordamlashish maqsadida chekka hududlarda sayyor qabullar o‘tkazilmoqda.

Xususan Xorazm viloyati IIB boshlig‘i polkovnik R.I.Sultanxodjayev tomonidan 26-dekabr kuni Xonqa tumanining “Ezgulik” mahallasida o‘tkazilgan sayyor qabul ham aynan shu maqsadni ko‘zladi.

Sayyor qabulda viloyat IIB boshlig‘i bilan birgalikda tuman sektor rahbarlari va viloyat IIB sohaviy xizmatlarining mas’ul xodimlari ishtirok etganligi mavjud muammolarni bartaraf etish borasida tezkorlik bilan yechim topish imkonini yaratdi.

Sayyor qabul doirasida kelib tushgan har bir murojaatning ijrosi nazoratga olindi.

Bugun yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning barchasi inson qadri uchun deb qat’iy ishonch bilan ayta olamiz.

Ushbu yurtdoshlarimiz uzoq yillardan buyon Xorazm viloyatida yashab kelayotgan bo‘lsalar-da, O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga ega bo‘lishmagan.

Davlatimiz rahbarining tegishli farmoniga ko‘ra ushbu yurtdoshlarimiz O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi deb tan olindilar.

Yangi yil bayrami arafasida sektor rahbarlari tomonidan tantanali ravishda topshirilgan shaxsini tasdiqlovchi ID–kartalar ushbu yurtdoshlarimiz uchun haqiqiy bayram sovg‘asi qolaversa, joriy yilda ro‘yobga chiqqan eng buyuk orzusi bo‘ldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

 Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech