Xorazm viloyatida tezkor-profilaktik tadbirlar davom etmoqda
Xorazm viloyatida kriminogen vaziyatni yaxshilash, jinoyatlarning oldini olish va huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish maqsadida ichki ishlar organlari tomonidan DXX viloyat boshqarmasi bilan o‘zaro hamkorlikda “Xavfsiz hudud - dolzarb qirq kunligi” tezkor-profilaktik tadbirlari davom etmoqda.
Jumladan, 6 dekabr kuni viloyatdagi kriminogen vaziyatga salbiy taʼsir ko‘rsatayotgan, turli jinoyatlarga aloqador fuqarolarning yashash uylarida o‘tkazilgan tintuvlar jarayonida giyohvandlik vositalari, pnevmatik to‘pponcha va sovuq qurollar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olindi.
Xozirgi kunda yuqoridagi holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Bundan tashqari bugun o‘tkazilgan tezkor-profilaktik tadbir davomida tergov va sud organlaridan yashirinib yurgan 2 nafar shaxs huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ushlandi.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati