6 Dekabr 2023 yil 5256

Xorazm viloyatida o‘tkazilgan tezkor-profilaktik tadbirlar natijasi

Xorazm viloyatida kriminogen vaziyatni yaxshilash, jinoyatlarning oldini olish va huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish maqsadida ichki ishlar organlari tomonidan  DXX viloyat boshqarmasi bilan o‘zaro hamkorlikda “Xavfsiz hudud - dolzarb qirq kunligi” tezkor-profilaktik tadbirlari o‘tkazilmoqda.

 

Jarayonda viloyat hududida turli jinoyatlarga aloqador fuqarolar aniqlanib, gumondorlarning yashash uylarida o‘tkazilgan tintuvlar jarayonida 4 kg 800 grammdan ortiq og‘irlikdagi giyohvandlik vositalari, 97 dona psixotrop moddalar,  1 ta pnevmatik qurol, 2 ta sovuq qurol (bita va kastet) ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olindi.

 

Xozirgi kunda yuqoridagi holatlar yuzasidan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi, 276-moddasi 2-qismi, 277-moddasi 2-qismiga asosan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, 3 nafar shaxs ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan. Dastlabki tergov harakatlari ichki ishlar organlari tomonidan olib borilmoqda.

 

Bundan tashqari yuqoridagi tezkor-profilaktik tadbir davomida tergov va sud organlaridan yashirinib yurgan 12 nafar shaxs huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ushlandi.

 

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech